Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
532025-07-12 17:02

So'xda ichki va tibbiy turizmni rivojlantirish yo'nalishidagi amaliy ishlarga doir press-tur tashkil etildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024512590310.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024512597480.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024512607040.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024512614210.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024512618990.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024512624965.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024512635720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024512645280.jpg
Respublikamizda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ushbu yo'nalish milliy iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylanib bormoqda. So'x tumanida ham ichki va tibbiy turizmni jadal rivojlantirish, yangi turistik ob'ektlar barpo etish, tabiiy go'zalliklarni turizm mahsulotiga aylantirishga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda “Tumanda ichki va tibbiy turizmni rivojlantirishga doir qilinayotgan ishlar” mavzusida press-tur tashkil etildi. Tadbirda So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, Respublika ishchi guruhi vakillari, OAV xodimlari va blogerlar ishtirok etdi. Press-tur doirasida Saribozorcha va Guliston mahallalari hududida joylashgan tabiiy maskanlar — “Mingboshi ko'li”, “Darddor ko'li” va “Xushob ko'li”ga tashrif buyurildi. Bu ko'llar o'zining shifobaxsh suvi bilan mashhur bo'lib, ayniqsa “Xushob ko'li” suvi aholi tomonidan ichimlik sifatida ham iste'mol qilinadi. Tuman hokimi tadbir ishtirokchilariga hududda kapsula uylar joylashtirish, xususiy tibbiy klinikalar qurish, tabiatga zarar yetkazmasdan infratuzilmani shakllantirish bo'yicha rejalar haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, mahalliy yettiliklar va tarixchilar tomonidan hudud tarixi haqida ma'lumotlar taqdim etildi. Tanishuv jarayonida mutaxassislar tomonidan 30 mingdan ortiq aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash imkoniyati mavjudligi qayd etildi. Yaqin kunlarda hududda 400 kub/metr sig'imidagi suv rezervuari qurilishi rejalashtirilgani haqida ham ma'lumot berildi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz