Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
952025-04-25 12:58

Хitoylik investorlar hamkorligida yirik ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga start berildi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2085953642237530.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2085953642262625.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2085953642269795.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2085953642282940.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2085953642311620.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2085953642316400.jpg
Dang‘ara tumanida xitoylik investorlar hamkorligida yirik ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga start berildi. "Chinobod" MFY hududidagi maxsus sanoat zonasida loyiha qiymati 25 mln dollar bo‘lgan gazoblok va bazalt ishlab chiqarish korxonasi qurilishi boshlandi. Joriy yil sentabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihada 100 nafarga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Pishqaron MFY hududidagi sanoat zonasida "NIKA" xususiy korxonasi hamda xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 30 mln dollar investitsiya hisobiga farfor chinni va uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarish korxonasiga asos solinmoqda. Uning birinchi bosqichi sentabr oyida ishga tushiriladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur korxonalarning qurilishiga start berish tadbirida ishtirok etdi. Loyiha tashabbuskorlari va investorlar bilan muloqot qildi. Loyihalarni sifatli va tez fursatda ishga tushishiga tilak bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz