Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
272025-04-26 10:34

O‘zbekiston tumanilik pedagog yilning eng yaxshi tarbiyachilaridan biri deb topildi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086046559678825.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086046559681215.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086046559684800.jpg
Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” kasbiy koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi mazkur nufuzli tanlovda ishtirok etgan O'zbekiston tumanidagi 4-DMTT tarbiyachisi Dilnoza Shamatova “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha fahrli 3-o'ringa sazovor bo'ldi. Tadbirda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova tanlov gʻoliblarini samimiy tabrikladi. G'oliblar belgilangan pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Maʼlumot uchun: o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga imtihonlarsiz davlat granti asosida oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz