Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1192026-04-04 21:19

Bag‘dod tumanida yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish va obodonlashtirish ishlari kuchaytirilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121506919047155.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121506919049545.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121506919050740.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121506919051935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121506919054325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121506919055520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121506919056715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121506919068665.jpg
Bag‘dod tumani hududidan o‘tuvchi Qo‘qon–Farg‘ona katta yo‘li bo‘ylarida infratuzilmani rivojlantirish orqali katta iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlardan samarali foydalanish mumkin. Biroq so‘nggi vaqtlarda ayrim tadbirkorlar, fermerlar hamda aholi vakillari tomonidan hududlarning tartibsiz va qarovsiz holatga kelib qolgani kuzatilmoqda. Shu sababli ushbu hududlarda qat’iy nazorat asosida keng qamrovli obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Bag‘dod tumani hokimi G‘anijon Soliyev tomonidan mas’ullarga biriktirilgan manzillar qadam-baqadam ko‘zdan kechirildi. Bahor faslida aholi hamjihatlik bilan o‘z hududlarini obod qilib, hasharlar orqali tozalikka e’tibor qaratishi zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, “Ultarma”, “Qahat”, “Qorako‘l”, “Qirqvolida”, “Ittifoq”, “Muqumiy” va “Konizar” mahallalarida mas’ullardan bugungi kun talabiga mos ravishda jonbozlik ko‘rsatish talab etilmoqda. “Tumanni kesib o‘tuvchi xalqaro yo‘l bo‘ylari hamda ichki mahallalarni bog‘lovchi yo‘llar Bag‘dodning "yuzini" belgilashini unutmasligimiz kerak”, — dedi tuman hokimi G‘anijon Soliyev. Shuningdek, katta yo‘l yoqalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan qurilishlarning qonuniyligi muntazam o‘rganib borilmoqda. Tuman rahbari qurilish va qishloq xo‘jaligi masalalariga mas’ul o‘rinbosarlarga, obodonlashtirish, arxitektura, kadastr bo‘limlari rahbarlariga hamda MFY raislariga ishlarni talab darajasiga olib chiqish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz