Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1312026-04-04 21:24

Epli kelin – sepli kelin: milliy qadriyatlar va oila mustahkamligi yo‘lida muhim qadam

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507263907425.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507263909815.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507263911010.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507263912205.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507263913400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507263914595.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507263915790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507263916985.jpg
Bag‘dod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, “Buvijonlar maktabi”, mahalla otinoyilari hamda targ‘ibot guruhi ishtirokida “Epli kelin – sepli kelin” mavzusida viloyat seminari tashkil etildi. Tadbirni Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimining o‘rinbosari Xilolaxon Qambarova kirish so‘zi bilan ochib berib, oila mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish hamda to‘y-marosimlarni ixchamlashtirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalarini bildirdi. U o‘z nutqida sog‘lom va ahil oila jamiyat taraqqiyotining eng muhim tayanchi ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati “Oqila ayollar” harakati vakillari hamda “Oydin” gazetasi bosh muharriri ham so‘zga chiqib, bugungi tadbirning dolzarbligi va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar. “Qalb nuri” markazi mutaxassislari tomonidan esa ishtirokchilarga gender asosidagi zo‘ravonlikning mohiyati, uning turlari, salbiy oqibatlari hamda jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. ✨Mazkur seminar oila qadriyatlarini mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz