Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1232026-04-04 21:21

Bag'dod tumanida 2026-yil pillachilik mavsumi boshlandi

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507044979840.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507044989400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507044991790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507044991790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2121507044991790.jpg
Joriy yil uchun tumanda jami 3274 quti ipak qurti parvarish qilish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 196 tonna sof pilla yetishtirish belgilangan. Mazkur ko‘rsatkichlar hududda pillachilik sohasini yanada rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi. Bag'dod tumanida 2026-yilgi pillachilik mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Ayni paytda “Xaziniy” MMTPda ipak qurti urug‘lari olib kelinib, ularni jonlantirish jarayoniga qo‘yildi. Tumanda 10 ta nuqtada ipak qurti jonlantirish inkubatoriyalari faoliyat yuritmoqda. Ushbu inkubatoriyalar zarur texnik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, harorat rejimini barqaror saqlash maqsadida gaz ballonlari yetkazib berildi. Shuningdek, tumanda ertangi pilla hosili uchun mustahkam zamin yaratilgan bo‘lib, belgilangan pilla shartnomalari asosida ishlar tizimli ravishda tashkil etilmoqda. Natijada Bag'dod tumanida 2026-yilgi pillachilik rejasi to‘liq bajarilib, mo‘l va sifatli pilla hosiliga erishiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz