Milliy qadriyatlarni e’zozlagan avlod — buyuk kelajak bunyodkoridir.
Bag‘dod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda "Milliy liboslar kuni" munosabati bilan o‘quvchi yoshlar milliy kiyimlarda darslarda ishtirok etmoqda. Bu esa nafaqat o‘quv jarayoniga o‘ziga xos ruh bag‘ishlamoqda, balki yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va iftixorni yanada mustahkamlamoqda.
Milliy liboslar ta’lim olayotgan o‘quvchilarni ma’naviy kamol topishiga ham xizmat qilmoqda.