Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
52025-10-09 09:05

“Farg‘ona viloyat kubogi – 2025” final bahsi Bag‘dodda bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2103179389459770.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2103179389464550.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2103179389466940.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2103179389468135.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2103179389469330.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2103179389470525.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2103179389471720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2103179389471720.jpg
Avval xabar berganimizdek (https://t.me/bagdodim_news/58421), bugun Bag‘dod tumani Markaziy o‘yingohida “Farg‘ona viloyat kubogi – 2025” final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda FK “Yaypan” va “QDU” jamoalari o‘zaro bellashishdi. Mazkur musobaqa viloyat miqyosida futbol ixlosmandlari uchun eng kutilgan sport bayramlaridan biri bo‘lib, unda g‘alaba uchun munosib jamoalar kuch sinashdi. Keskin va murosasiz tarzda kechgan ikkinchi liga final bahsining asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa 5:4 hisobida g‘alaba FK “Yaypan” jamoasiga nasib etdi. Bag‘dod tumani mezbonlik qilgan final uchrashuvi yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir futbol muxlislariga bayramona kayfiyat, sport ruhi va o‘z sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini tuhfa etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz