Prokuratura sohasi vakillariga birma-bir esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bugun tumanda turli tadbirlar boʻlib oʻtayotganidan foydalanib, soha vakillariga birma-bir esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bagʻdod tumani hokimi Gʻanijon Soliyev — “Yurtimiz farovonligi, uning istiqboli yuksalishi yoʻlida, shuningdek, jamiyat hayotining barcha jabhalarida qonun ustuvorligi va muqarrarligini taʼminlash borasidagi masʼuliyatli faoliyatingizni yaxshi bilaman va yuksak qadrlayman”, — deb taʼkidladi.
Tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Faxriddin Hayitov ham tabriklab, qonuniylikni taʼminlash borasidagi samarali hamkorlikni eʼtirof etdi va tuman IIB nomidan esdalik sovgʻasini topshirdi.
Shuningdek, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman bo'limi raisi Mashrabjon Hurboyev oʻtgan 2025-yilda tuman prokurori Akmaljon Muxtarov boshchiligidagi xodimlar tomonidan tumanda turli yoʻnalishlar boʻyicha belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli ado etilgani, rejalar ijrosi taʼminlangani, aholi huquqlarini himoya qilishda katta jonbozlik koʻrsatilganini alohida taʼkidladi.